Transport vaziri haftasiga 4 kun jamoat transportidan foydalanmoqda
Jamiyat
−
21 dekabr 2022
8569Transport vaziri Ilhom Maxkamov Prezident topshirig‘idan so‘ng har hafta kamida 4 kun uydan ishga borishda yoki ishdan uyga borishda jamoat transportidan foydalanmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Abdujamil Azizov videomurojaatda ma’lum qildi.
“Albatta, transport vaziri jamoat transportidan foydalanib turadi. Prezidentning oxirgi topshiriqlaridan keyin haftasiga 4 kun yo ishga, yo ishdan keyin jamoat transportidan foydalanayotganlarini bilaman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jamoat transportidan foydalanadigan 1,3 mln yo‘lovchi uchun avtobuslar yetishmayotganini tanqid qilgandi. Prezident eng og‘ir yo‘nalishlarga qisqa muddatda qo‘shimcha avtobuslar qo‘yish hamda haydovchilarning oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi