Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun yig‘ilgan pullar ishlatib yuborildi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi tashviqoti uchun mablag‘ to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Save America tashkiloti yig‘ilgan mablag‘ning deyarli barchasini advokatlarga sarflab yubordi. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Tashkilot Trampning ko‘plab da’volari tufayli o‘n millionlab mablag‘ni sud to‘lovlarini to‘lashga sarflagani ortidan o‘tgan yili yig‘ilgan 105 million dollardan 4 million dollargina qolgan, xolos.

Aytilishicha, Tramp jamoasi 2023 yilning birinchi yarmida xayriya sifatida 53,8 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan va allaqachon 57 million dollar harjlagan. Xarajatlarning eng katta qismi yuridik maslahatlarga ketgan.

Kelgusi yilgi saylovlarda yana eng yuqori lavozim uchun kurashmoqchi bo‘lgan sobiq prezident o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni demokrat Jo Bayden boshchiligidagi AQSH rasmiylari tomonidan ilhomlantirilgan sof siyosiy qaror sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp jamoasi uning tarafdorlariga qarshi sud jarayoni natijasida kelib chiqadigan xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ yig‘ish uchun jamg‘arma tashkil etishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing