Trampning kelini senator bo‘lishni rejalashtirmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning kelini Lara Tramp 2022 yilda o‘tkaziladigan Senat saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "New York Times" gazetasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 38 yoshli Lara ushbu maqsadi yo‘lida o‘zining tug‘ilgan joyi Shimoliy Karolina shtatini tanlagan. 

Avvalroq, ushbu shtatdan senator, Respublikachilar partiyasining vakili Richard Berr ikki yillik vakolat muddati tugaganidan keyin qayta saylanish niyati yo‘qligini aytgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Lara 2014 yilda Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp bilan turmush qurgan. U oldin teleprodyuser, shaxsiy o‘sish bo‘yicha murabbiy va hatto oshpaz bo‘lib ishlagan. 

2016-2020 yillarda Lara qaynotasining saylovoldi kampaniyasida maslahatchi bo‘lgan. 

Lara Trampning Prezident shtabidagi hamkasblari unda siyosatchi uchun zarur bo‘ladigan "tabiiy instinktlar" mavjud ekanligini ta’kidlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

LARA TRAMP

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar