Tramp jinoyatda ayblanishi mumkin

Olam

image
AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp maxfiy hukumat hujjatlari bilan ishlagani uchun bir nechta jinoiy ayblovlarga duch kelishi mumkin va bunday qaror qabul qilish uchun yetarli dalillar mavjud. Bu haqda “Newsweek” jurnali yozmoqda.

Sud ishlari bo‘yicha advokat Niama Rahmonining jurnalga aytishicha, AQSH rasmiylarida davlat ma’lumotlariga asoslangan ko‘plab dalillar bor. Ularga tayanib Tramp ko‘plab federal jinoyatlar sodir etgan, deb taxmin qilish mumkin. Lekin, u bu holatda huquqshunoslar guruhi vakillari sobiq Prezident nomidan ish tutganmi yoki yo‘q, buni aniqlash kerakligini aytgan.

“Dalillarga qaramay, AQSH Adliya vazirligi va Bosh prokuror Merrik Garland sobiq Prezidentni ayblash bo‘yicha misli ko‘rilmagan qadam tashlaydimi yoki yo‘q degan savol bor”, deydi Rahmoni.

Michigan universiteti professori va Michigan shtatining sobiq prokurori Barbara Makkueyd jurnalga Adliya vazirligi Trampni “yaxshigina” ayblashi mumkinligini aytgan.

“AQSHning 45-Prezidenti ishida bir qator og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud. Masalan, maxfiy ma’lumotlarni qasddan noto‘g‘ri ishlatish. Adliya vazirligi Trampga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlash qarorini oqlashi qiyin bo‘ladi”, deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp joriy yilning 8 avgust kuni Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari uning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing