Tramp jinoiy javobgarlikka tortiladi(mi?)
Olam
−
20 dekabr 2022
3217Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Uni ayblash uchun yetarli sabablar mavjud. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
AQSH Kongressi Vakillar palatasi 2021 yilning yanvarida Donald Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga qilgan hujumini tergov qilish bo‘yicha sobiq prezidentni kamida 3 ta modda bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishni tavsiya etgan.
Qayd etilishicha, Kapitoliyga hujum bo‘yicha tergov qo‘mitasi 18 oy ish olib borgan. Qo‘mita joriy yilning oktyabrida sobiq Amerika yetakchisi Kongressda raqibi Jo Baydenning g‘alabasiga xalaqit berishga urungani hamda rasmiylardan uni qo‘llab-quvvatlash uchun soxta ovozlarni topishni talab qilgani bo‘yicha Trampga qarshi xulosalarini taqdim etgan.
“Sobiq prezidentga ayblov qo‘yish uchun yetarli asoslar bor. Mendagi dallilar juda ham aniq”, deydi Kongressmen Adam Shiff.
Ma’lumot uchun, AQSH Kongressi Vakillar palatasi 2021 yil 6 yanvarda Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga qilingan hujum munosabati bilan sobiq prezidentga impichment e’lon qilgan. Biroq tashabbus Senatda yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmagan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi