Tramp yirik telekanalni sudga berdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp SNN telekanalini o‘ziga tuhmat qilganlikda ayblab, sudga berdi va jarima uchun 475 million dollar talab qilmoqda. Bu haqda “China Daily” xabar berdi.

3 oktyabr kuni AQSH okrug sudiga berilgan 29 sahifalik da’vo arizasida uning obro‘siga “yolg‘on va tuhmatga asoslangan ta’riflar” bilan putur yetkazilgani va SNN shu orqali uning siyosiy karerasiga xalaqit berishni maqsad qilgani iddao qilingan.

SNN telekanalining sobiq Prezidentga nisbatan “irqchi”, “rus malayi” va “qo‘zg‘olonchi” so‘zlarini qo‘llashi, shuningdek, Trampning “2020 yilgi prezidentlik saylovi jarayonining yaxlitligi haqidagi xavotirlar” fikriga “Katta yolg‘on” atamasini ishlatishi da’vo arizasining berilishiga sabab bo‘ldi.

Trampning advokatlari “Katta yolg‘on” Adolf Gitler qo‘llagan taktikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora ekanligini va Gitlerning “Mein Kampf” kitobida keltirilganligini ta’kidladi.

Da’vo arizasida aytilishicha, SNN telekanalining Trampga qarshi tuhmat ko‘rinishidagi rag‘batlantirish kampaniyasi so‘nggi oylarda avj oldi, chunki SNN 2024 yilda Donald Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yishidan qo‘rqadi.

Trampning OAVni sudga bergani birinchi marta emas. 2020 yilda uning kampaniyasi “The Washington Pos”t, SNN va “The New York Times” gazetalarini fikr-mulohazalari uchun alohida sudga bergan. SNN va “Times” gazetalariga qarshi da’vo rad etilgan, ammo “The Washington Post”ga qarshi da’vo hali ham ko‘rib chiqilmoqda.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing