Tramp yangi partiya tuzmoqchi

Olam

image

Prezidentlik muddati bugun, 20 yanvarda tugaydigan AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp sheriklari bilan yangi siyosiy partiya tuzish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda “The Wall Street Journal” o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tramp birlashmani “Vatanparvarlik partiyasi” deb atamoqchi.

Xabar qilinishicha, so‘nggi kunlarda AQSH Prezidenti hozirgi partiyadoshlari bilan xususan senatdagi Respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonell bilan kelishmovchiliklarga duch kelgan. Bir kun oldin u Trampni 6 yanvar kuni Vashingtonda tartibsizliklarni qo‘zg‘atganlikda ayblagan.

Oq uy hozircha ushbu holat haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Qayd etilishicha, vaqt va resurslarga katta mablag‘ sarflashni talab qiladigan yangi partiyani tuzishda Trampning qat’iyati qanday ekanligi hali aniq emas. Gazetaning yozishicha, uning ko‘plab tarafdorlari bor, ularning ba’zilari 2016 yilda Tramp hokimiyatga kelguniga qadar Respublikachilar partiyasi siyosatida qatnashmagan.

“Uchinchi partiyalar” (Respublikachilar va Demokralar partiyalaridan tashqari nisbatan katta siyosiy birlashmalar) odatda saylovlarda muhim rol o‘ynash uchun yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmaydi. Yangi partiya tuzishga qaratilgan har qanday urinish respublikachilarning qarshiliklariga duch kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing