Tramp yana impichment yoqasida. Bu qanday sodir bo‘ladi?
Tahlil
−
12 yanvar 2021
7880AQSH Vakillar palatasidagi Demokratlar partiyasining yetakchi siyosatchilari amaldagi Prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini taqdim qildi. Respublikachining vakolati 20 yanvarda, noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan demokrat Jo Baydenning inauguratsiyasi kuni tugaydi, ammo Kongressdagi siyosatchilar Trampni ushbu muddatdan oldin lavozimidan olib tashlashni lozim deb biladi. Trampning muxoliflariga ko‘ra, uning saylovdagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishi va tarafdorlarining da’vosi sabab Kongress binosiga hujum uyushtirildi.
Trampni hokimiyatdan chetlatish uchun demokratlardan ikki tashabbus
Qaror Vakillar Palatasiga taqdim etilgan. AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatishning 3-bo‘limi “qo‘zg‘olon yoki isyonda” ishtirok etgan shaxsning Qo‘shma Shtatlarda biron bir lavozimni egallashini taqiqlaydi, bu omil e’lon qilingan qarorda impichment uchun asosdir.
Shu bilan birga, Vakillar palatasi spikeri, demokrat Nensi Pelosining ta’kidlashicha, impichment – eng so‘nggi chora. Demokratlar Tramp Konstitutsiyaga kiritilgan 25-tuzatishga binoan, lavozimidan chetlatiladi, deb umid qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi Prezident vitse-prezidentning qarori va ma’muriyatdagi asosiy lavozimlarning aksariyati bilan lavozimidan chetlashtirilishi mumkin. Ular Tramp o‘z vazifalarini bajarishda davom eta olmaydi, degan qarorga kelishi kerak. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga davlat rahbari va vitse-prezident Mayk Pensdan tashqari yana 15 ta ijro etuvchi amaldor, jumladan, Davlat kotibi Mayk Pompeo va Moliya vaziri Stiven Mnuchin kiradi. Pelosining so‘zlariga ko‘ra, u yaqin kelajakda Pensni 25-moddaga binoan, Prezidentni lavozimidan chetlatishga chaqiruvchi rezolyutsiya kiritmoqchi. Biroq, Pensning o‘zi Trampni olib tashlash masalasini ko‘tarmoqchi emas.
Agar Pens Trampni lavozimidan chetlashtirish uchun Vazirlar mahkamasini chaqirmasa, demokratlar kecha, 11 yanvar kuni taqdim etilgan impichment to‘g‘risidagi rezolyutsiya asosida, Prezidentga impichment e’lon qiladi.
Impichment odatda qanday sodir bo‘ladi?
Impichment jarayoni Vakillar palatasi tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, impichment masalasi palatada ovozga qo‘yilishidan oldin qanday tartiblarga amal qilinishi kerakligi to‘g‘risida aniq qoidalar mavjud emas. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, birinchidan, quyi palata a’zolari impichment jarayonini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Keyinchalik, Oq uy qo‘mitasi impichment uchun asoslarni ko‘rib chiqishi kerak. Odatda, yuridik ishlar qo‘mitasi bunday tekshiruvni olib boradi. Vakillar palatasining qo‘mitasi Prezidentga qo‘yilgan ayblovlarni o‘rganib chiqib, asoslar yetarli yoki yo‘qligini hal qiladi. Agar qo‘mita a’zolarining aksariyati asoslarni etarli deb hisoblasa, unda Prezidentga qarshi bir yoki bir nechta ayblovlar Vakillar Palatasi oldida ko‘rib chiqiladi. 2019 yil dekabrida Vakillar Palatasining Sud-huquq qo‘mitasi prezidentga qo‘yilgan ikkita ayblov bo‘yicha – vakolatlarini suiiste’mol qilish va Kongressning tergoviga to‘sqinlik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun umumiy palatada ovoz berishga qaror qildi. Qo‘mitada 23 kongressmen ovoz berdi (barcha demokratlar), qarshilar 17 nafar (barcha respublikachilar).
Huquqiy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, impichment to‘g‘risidagi qaror butun Vakillar Palatasining ovoziga qo‘yiladi. Ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlashi kerak. 2019 yil dekabr oyida 228 kongressmen (barchasi demokratlar va bitta mustaqil) quyi palatada impichment uchun ovoz berdi, 193 kishi bunga qarshi bo‘lgan (bitta demokrat va barcha respublikachilar).
Bu safar demokratlar ayblov punktlari to‘g‘risida qaror qabul qildi va darhol palataning barcha tarkibi tomonidan ovoz berishga o‘tishni niyat qildi. Shundan so‘ng, impichment jarayoni Senatda davom etadi.
LiveBarchasi