Tramp Vashingtondagi mehmonxonasining egalik huquqini sotdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Trump Organization kompaniyasi Vashington markazida joylashgan Trump International Hotel’ga egalik huquqlarini 375 million dollarga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xaridor Mayamidagi (Florida) CGI Merchant Group investitsiya firmasi bo‘ladi, u Oq uyning sobiq rahbari nomini fasaddan olib tashlamoqchi va Hilton mehmonxonalar tarmog‘i bilan boshqaruv va brending bo‘yicha kelishib olgan.

Oq uy yaqinida joylashgan, bundan 120 yil avval qurilgan va pochta bo‘limi bo‘lgan mehmonxona binosi hukumatga tegishli, biroq 100 yilgacha ijaraga berilishi mumkin, Trump Organization’ning binoga bo‘lgan huquqlari yangi egasiga o‘tadi. Kelishuv kelasi yilning birinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda. Tramp prezidentligi davrida mehmonxona respublikachilarning mashhur yig‘ilish joyi bo‘lgan.

Gazetaning ta’kidlashicha, AQSH Kongressi Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasi mehmonxonaning moliyaviy faoliyatini tekshirmoqda. Qonunchilarning fikricha, mehmonxona so‘nggi bir necha yil davomida zarar ko‘rgan. Tramp taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Trump International Hotel foyda keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing