Tramp va uning rafiqasi Oq uyni tark etdi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti, respublikachi Donald Tramp bugun, 20 yanvar kuni Prezident etib saylangan Jozef Baydenning inauguratsiyasini kutmasdan Oq uyni tark etib, Florida shtatiga otlandi.

Amerika rahbarining ilgari tarqatilgan jadvalida u birinchi xonim Melaniya Tramp bilan birga Florida shtatining Palm-Bich shahriga borishini ko‘rsatgan. Avvalroq respublikachi avval Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida xayrlashuv marosimini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.

AQSHda saylovlar 2020 yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. 14 dekabr kuni saylovlar kollegiyasi ovoz berish natijalarini ma’qulladi, unga ko‘ra Bayden yangi davlat rahbari bo‘lishi ma’lum qilindi. Tramp mag‘lubiyatini tan olmadi va bir qator shtatlarda ovozlarning qayta sanab chiqilishini talab qilish uchun sudlarga murojaat qildi. Biroq, Oq uy rahbarining advokatlarining harakatlari muvaffaqiyatsiz tugadi, ularning da’volari, shu jumladan AQSH Oliy sudi tomonidan ham rad etildi. Senat va Kongress Vakillar Palatasi 6 yanvar kuni qo‘shma yig‘ilishda Baydenning g‘alabasini ma’qulladi, uning inauguratsiyasi bugun, 20 yanvar kuni Kapitoliy zinapoyasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

653

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing