Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuvning taxminiy manzili aytildi
Olam
−
12 yanvar
15773AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi vakili Nikolas Bido joriy yilning 10 yanvar kuni chop etilgan mahalliy “Le Temps” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariya AQSH va Rossiya rahbarlarining sammitini so‘rasa, uni o‘tkazishga tayyor.
U Byurgenshtok sammitidan beri mamlakat muntazam ravishda Ukraina, Rossiya va Qo‘shma Shtatlarni tinchlikka yordam beradigan har qanday diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidlagan.
9 yanvar kuni Tramp Mar-a-Lagodagi mulkida respublikachi gubernatorlar bilan uchrashuv oldidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.
Tramp ikki yetakchi o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan muzokaralar vaqtini ochiqlamadi. Trampning 20 yanvar kuni Oq uyga qaytishi Moskva 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirishi bilan boshlangan mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga umid uyg‘otdi. Biroq Kiyev tezkor tinchlik kelishuvi Ukrainaga juda qimmatga tushishidan xavotirda.
Trampning maslahatchilari urushni tugatish rejalarini taklif qildi, bu esa yaqin kelajak uchun Ukraina hududining muhim qismini Rossiyaga samarali tarzda o‘tkazish imkonini beradi.
Rossiya bosqini boshlanganidan beri Jo Bayden boshchiligidagi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 175 milliard dollardan ko‘proq, jumladan, xavfsizlik uchun 60 milliard dollardan ko‘proq yordam ko‘rsatdi. Biroq urushni tezda tugatishni istayotganini aytgan Tramp ma’muriyati davrida yordam bir xil darajada davom etadimi yoki yo‘qligi noaniqligicha qolmoqda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham o‘sha kuni avvalroq Putin Trampning aloqa o‘rnatish istagini olqishlaganini, biroq hozircha Kremlga hech qanday rasmiy so‘rov yuborilmaganini aytdi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp lavozimga kirishguncha kutish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan oldindan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi pastladi.
16:15