Tramp va Bayden teledebatda qancha yolg‘on ishlatgani ochiqlandi

Olam

image

Joriy yilning 27 iyun kuni CNN telekanalida tashkillashtirilgan prezidentlik debatida Donald Tramp amaldagi AQSH Prezidenti Jo Baydendan uch barobar ko‘proq yolg‘on ishlatgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

CNN telekanalining Atlantadagi studiyasida sobiq prezident Donald Tramp va Qo‘shma Shtatlarning amaldagi Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi dastlabki prezidentlik debati bo‘lib o‘tdi. Prezident Jo Bayden ham, uning respublikachi raqibi  Donald Tramp ham shu kuni CNN’dagi bahs chog‘ida yolg‘on va chalg‘ituvchi da’volar qilishdi. Ammo Tramp 2020 yildagi bahslarda bo‘lgani kabi Baydendan ancha ko‘proq haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumot va argumentlarni o‘rtaga tashlagan.

CNN tahliliga ko‘ra, Tramp bu teledebatda 30 dan ortiq yolg‘on da’volar bilan chiqqan. Uning ko‘plab so‘zlari joriy prezidentlik kampaniyasi paytida yoki undan oldin allaqachon rad etilgan da’volarni o‘z ichiga olgan. O‘z o‘rnida, Bayden ham bahs davomida 9 ta yolg‘on ma’lumotlarni taqdim qilgan. Lekin bu Tramp bilan solishtirganda ancha kam.

Trampning takror-takror yolg‘on gaplari demokratlar yetakchiligidagi ba’zi shtatlar chaqaloqlar tug‘ilgandan keyin qatl etilishiga ruxsat berilgani, Bayden prezidentlik davrida terror guruhlarini moliyalashtirgani, Bayden yillar davomida qora tanlilarni “super yirtqichlar” deb atab kelganligi, u soliqlarni to‘rt barobarga oshirishni rejalashtirayotgani, palataning o‘sha paytdagi spikeri Nensi Pelosi 2021 yil 6 yanvarda AQSH Kongressi uchun Milliy gvardiyaning 10 000 askarini qabul qilishdan bosh tortgani, Yevropa hech qanday Amerika avtomobillarini qabul qilmagani, u faxriylar tanloviga ega bo‘lgan prezident ekanligi kabi gaplardan iborat bo‘lgan.

Bayden esa bahsda kamida to‘qqizta yolg‘on yoki chalg‘ituvchi da’volarni ilgari surdi. Bayden uning davrida AQSH qo‘shinlari halok bo‘lmaganligini da’vo qilgan. U, shuningdek, milliarderlarning soliq stavkalari haqidagi odatdagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni ham takrorlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp va Bayden teledebat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar