Tramp o‘zi hibsga olingan kunni “tarixdagi eng yaxshi kun” deb atadi.

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 4 aprelni – Nyu-York sudida firibgarlikda ayblanib, vaqtincha hibsga olingan kunni “tarixdagi eng yaxshi kun” deb atadi. 

“Bu aql bovar qilmaydigan tajriba, ehtimol asossiz ayblovlardan omon qolgan odam uchun tarixdagi eng yaxshi kun edi”, deb yozdi u Truth Social’da. 

Siyosatchining ta’kidlashicha, hibsga olinishi va ayblov qo‘yilgani uning 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish rejalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 

“Mening reytingim hech qachon bunchalik yuqori bo‘lmagan, [saylovoldi] kampaniya uchun 10 million dollar yig‘ilgan va kun juda muhim nutq bilan yakunlangan”, deydi u. 

30 mart kuni Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay’ati Trampni pornografik aktrisa Stormi Deniyelsga pul to‘lashda Trump Organization moliyaviy hujjatlarini qalbakilashtirish ishi bo‘yicha ayblash uchun ovoz berdi. 4 aprel kuni e’lon qilingan ayblov xulosasiga ko‘ra, Tramp yana bir jinoyat sodir etish maqsadida 34 ta soxta (birinchi darajali) biznes hujjatlarida ayblanmoqda. Ommaviy axborot vositalari tushuntirganidek, har bir toifaga ko‘pi bilan to‘rt yillik qamoq jazosi belgilangan. Tramp qo‘yib yuborilgunga qadar AQSHda belgilangan tartibda taxminan ikki soat hibsga olingan va Nyu-Yorkdan Floridaga uchib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing