Tramp: O‘zbekistonda pul ko‘p, Mirziyoyev esa buyuk lider

Olam

23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv BMT bosh qarorgohida, tashkilot Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tramp: Katta rahmat. O‘zbekiston Prezidenti bilan birga bo‘lish ulkan sharaf. Uni juda hurmat qilaman. U uzoq vaqtdan beri ishlab kelmoqda. Ko‘p yillar, to‘g‘rimi? Taxminan 15-16 yil bo‘ldi. Bu ham anchagina vaqt. Biror odam mamlakatni shuncha muddat boshqara olishi uchun yagona sabab – juda aqlli va malakasi baland bo‘lishi kerak. Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat. Bilasizlarmi, u turli AQSH mahsulotlarini sotib oldi. Ularning mablag‘lari yetarli. Ularning nefti ham ko‘p, puli ham ko‘p. Odatda, neft pul bilan yaxshi chiqishadi. Lekin ular mamlakat sifatida juda yaxshi natijalarga erishgan va u haqiqatdan ham buyuk yetakchi. Siz bilan yana birga bo‘layotganim katta sharaf. Rahmat.

Mirziyoyev: Rahmat. Birinchidan, hurmatli janob Prezident, aytganingizni qilganingiz uchun tashakkur. Siz bugun uchrashamiz degandingiz va mana, uchrashyapmiz. Sizga buning uchun tashakkur.

Sizni bugun ertalab BMT sessiyasidagi chuqur ma’noli chiqishingiz bilan tabriklayman. Bu fenomenal edi. Barcha masalalarga nuqta qo‘ydingiz.

Albatta, siz bilan telefon suhbatida gaplashgan narsalarimizning hammasi amalga oshmoqda. Sizni yana bir bor dunyoda 7 ta nizoga yakun yasaganingiz bilan tabriklashni xohlayman. Ayniqsa, bizning mintaqamiz uchun eng muhimi – Ozarbayjon va Armaniston orasidagi nizoga yechim topdingiz. Men yana bir bor takrorlayman, Nobel mukofotiga sizdan ko‘ra loyiqroq odam yo‘q. Biz buni aytganmiz va aytamiz.

Biz kelishgan hamma masalalar amalga oshmoqda va amalga oshadi. Bizning dialogimiz davom etishini xohlayman. Siz bilan birga oldinga ilgari suriladigan dastur uchun ham tashakkur.

Tramp: Katta rahmat, bilasizmi, Prezident taxminan 5 daqiqadan so‘ng nutq so‘zlaydi. U minbarda bo‘lishi kerak. Men uni tomosha qilishni xohlayman. Shuning uchun, balki xohlasangiz, ozroq savol so‘rashingiz mumkin. Yaxshi va tez. 

Jurnalist: Janob Prezident, sizga suiqasd qilishga uringan odam – Ryan Ruz sudlandi va aybdor deb topildi. Sizning bu haqdagi munosabatingiz qanday?

Tramp: Men Pem Bondi va Todd Blek hamda ularning jamoasi tomonidan erishilgan adolat va masala hal qilingani uchun juda minnatdorman.

Bu haqiqatan ham yaxshi hal qilindi va bu juda muhim edi. Siz bunday narsalarga yo‘l qo‘ya olmaysiz. Men bilan bo‘ladimi, Prezident bilanmi, yoki oddiy odam bilanmi – siz bunga yo‘l qo‘ya olmaysiz. Shunday qilib, adolat qaror topdi va biz nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Lekin men hakam va hay’atni hamda bu boradagi barchani juda qadrlayman. Ish juda professional tarzda hal qilindi. Bu katta sharaf.

Jurnalist: Janob Prezident, siz bugun tushda G‘azo bo‘yicha urush rejasini muhokama qilish uchun musulmon va arab yetakchilari bilan uchrashyapsiz. Bu haqda bizga biror narsa ayta olasizmi?

Tramp: Bu katta uchrashuv bo‘ladi, juda muhim uchrashuv. Lekin hozir ham muhim uchrashuv o‘tkazayapman. Chunki u bizning milliard dollarlik jihozlarimizni sotib oladi. Biz dunyodagi eng zo‘r jihozlarni ishlab chiqaramiz. Biz ular siz uchun mukammal bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz.

Jurnalist: Janob Prezident, O‘zbekiston bilan qo‘shimcha kelishuvlar bormi?

Tramp: Biz bir necha katta narsalar haqida gaplashyapmiz. U bugun va o‘tgan bir necha kun davomida bir necha yirik ishlarni qildi. Bizning aloqalarimiz yaxshi. Biz oldin ham uchrashganmiz va aloqalarimiz juda ajoyib. U juda hurmatli odam va yaxshi yetakchi. Qani, ko‘raylikchi.

Mirziyoyev: Amerika bilan 2018 yilda 19,4 milliard dollar shartnoma imzolangan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 105 milliard dollarga yetdi.

Tramp: 105 milliard. Bu yomon emas. 5 daqiqalik uchrashuvga arziydi, shundaymi? Qo‘shilasizmi? Qarang qanday chiroyli barcha turdagi traktorlar. 105 milliard dollar.

Yaxshi, 2018 yildan 2024 yilgacha u 19,4 milliard dollarlik, hozir esa 105 milliard dollarlik xarid qilyapti. Bu ulkan sharaf.

Bilasizmi, men u bilan kam uchrashdim deb o‘ylayman. Agar u xaridlarni 105 millionlik qiladigan bo‘lsa, men u bilan 15–20 marta uchrashaman. Bu juda ajoyib.

Boring va ajoyib nutq qiling. Rahmat. Bu katta sharaf. Siz ajoyib insonsiz.

Mirziyoyev: Rahmat. Baribir sizni O‘zbekistonda kutaman. Birinchi tashrif bo‘lishi kerak. Siz menga birinchi bor Samarqandga borishga va’da qilgansiz.

Tramp: Men uni yaxshi ko‘raman. Men amalga oshirish haqida o‘ylayapman. Haqiqatan ham ajoyib operatsiya, ajoyib odamlar guruhi, juda aqlli mamlakat va ular juda yaxshi ish qildilar va men Amerikaning mahsulotlarini xarid qilganingiz uchun minnatdorman. Rahmat. Biz siz uchun u yerda bo‘lamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Donal'd Tramp Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing