Tramp Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatishi mumkinligini aytdi
Olam
−
27 yanvar 2023
22840AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp, agar u hozirda Amerika ma’muriyati rahbari lavozimida bo‘lsa, bir kun ichida Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga erishishi mumkinligini aytdi. U bu haqda o‘zi tomonidan asos solingan Truth Social ijtimiy tarmog‘ida post qoldirgan.
“Hozir ham, agar men AQSH prezidenti bo‘lganimda, 24 soat ichida bu dahshatli urushni tugatish haqida muzokaralar olib borishim mumkin edi”, deb yozgan u tarmoqda.
Tramp AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga nisbatan xatti-harakatlarini izohlar ekan, Kiyevga millionlab dollarlik yordam jo‘natmay, mojaroga kelishuv bilan chek qo‘yish kerakligini har doim ta’kidlab keladi. Bundan tashqari, Tramp AQSHning harakatlari tufayli Ukrainadagi mojaro jahon urushiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi