Tramp o‘qituvchilarni qurollantirishni taklif qildi
Olam
−
28 may 2022
4836Majburiy tayyorgarlikdan o‘tgan amerikalik o‘qituvchilar maktablarda yashirincha shaxsiy qurol olib yurish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp AQSH Milliy miltiq uyushmasining qurultoyida aytib o‘tdi.
“Biz barchamiz maktablarimiz eng zaif nishon bo‘lmasligi kerakligiga rozi bo‘lishimiz mumkin. Shuning uchun maktab xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli reja sifatida o‘qitilgan o‘qituvchilarga qurol-yarog‘ni yashirincha olib yurishga ruxsat berish vaqti keldi”, degan u.
Bundan tashqari, sobiq Prezident politsiyani moliyalashtirishni oshirishga chaqirgan.
“Biz butun mamlakat bo‘ylab politsiya xodimlarini moliyalashtirish, ishga yollash va o‘qitishni kengaytirishimiz kerak”, degan u.
Maktablarni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar sifatida Tramp barcha ta’lim muassasalarini metall detektorlar bilan jihozlashni, sinflardagi eshiklarni mustahkamlashni, shuningdek, har bir ta’lim muassasasida doimiy ravishda politsiya yoki qurolli qo‘riqchi navbatchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida joriy etishni taklif qilgan.
Uyushmaning navbatdan tashqari qurultoyi Texasning Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishma fonida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 may kuni Yuvalde shahridagi maktabda 18 yoshli yigit Salvador Ramos 19 nafar bola va ikki nafar katta odamni o‘ldirdi.
LiveBarchasi