Tramp “Tolibon”dan qaytarishni talab qilgan aviabazada portlash sodir bo‘ldi
Olam
−
22 Sentabr 2025 11157 2 daqiqa
Afg‘onistonning Parvon viloyatidagi Bagram aviabazasi darvozasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Afghanistan International” agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portlash harbiy ob’ektning sharqiy tomoni yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisa sabablariga aniqlik kiritilmagan.
“Bombani zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassislar topilgan portlovchi moddalarni nazorat ostida portlatish ishlarini olib borishdi”, deyiladi xabarda.
Hodisa AQSH Prezidenti Donald Trampning Vashingtonning Bagram aviabazasi ustidan nazoratni qaytarib olish niyati haqidagi bayonotlari chog‘ida sodir bo‘ldi.
21 sentyabr kuni Amerika rahbari Truth Social tarmog‘ida agar Afg‘oniston hukumati baza nazoratini AQSHga qaytarishga rozi bo‘lmasa, bu Afg‘onistonni oqibatlarga olib kelishi haqida yozgan edi.
2001 yildan 2021 yilgacha Bagram aerodromi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Afg‘onistondagi eng yirik bazasi bo‘lib xizmat qilgan. 2021 yil 1 tiyulda amerikaliklar aviabazani tark etdi, 1 avgustda esa u “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.
2021 yilning 14 aprelida AQSHning 46-prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi urush tugaganini e’lon qildi, bu Amerika tarixidagi eng uzoq xorijdagi harbiy kampaniya edi. Qo‘shma Shtatlar urushni 2001 yil oktyabr oyida boshlagan. 2010-2013 yillarda eng yuqori cho‘qqisida G‘arb ittifoqchilarining Afg‘onistondagi harbiylari soni 150 000 nafardan oshdi. AQSH qo‘shinlarini olib chiqish 2021 yil may oyida boshlangan, AQSH va NATOning asosiy jangovar bo‘linmalari 2014 yilda Afg‘onistonni tark etgan.
Qo‘shma Shtatlar o‘z kuchlarini olib chiqish niyatini e’lon qilganidan so‘ng, Tolibon Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2021 yil 15 avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani xorijga qochib ketdi va “Tolibon” jangsiz Qobulga kirib keldi. Oxirgi Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonni 2021 yil sentyabr boshida tark etgan.
Live
Barchasi