Tramp tez orada prezidentlik poygasiga kirishmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida va 8 noyabr kuni AQSH Kongressiga bo‘lib o‘tadigan saylovlardan so‘ng o‘zining qayta saylanish kampaniyasini e’lon qilmoqchi. Bu haqda “Reuters” agentligi Trampning maslahatchisiga tayanib, xabar bermoqda.

"Tramp 2024 yilda o‘z nomzodini qo‘yadi. O‘ylaymanki, u o‘z nomzodini qo‘yishni istaydi va Shukronalik kunidan oldin nomzodning e’lon qilinishi unga raqiblaridan ustunlik beradi va u buni tushunyapti”, deydi sobiq Prezidentning maslahatchisi.

Agentlikka ko‘ra, Tramp kelasi haftadagi saylovlardan so‘ng kampaniyasini e’lon qilmoqchi va bir qancha shaxslar kampaniyaga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi buni tekshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ham o‘z nomzodini qo‘yishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, YouGov so‘rovi amerikaliklarning yarmidan ko‘pi AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden va sobiq davlat rahbari Donald Trampning 2024 yilda yana bir muddatga saylanishini istamasligini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing