Tramp siyosatga qaytishini e’lon qilmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘zini prezidentlikka Respublikachilar partiyasidan da’vogar, deb e’lon qilishga tayyorlanmoqda. U 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashish niyati haqida prezidentlik muddati tugaganidan so‘ng keng auditoriya oldidagi iok chiqishi paytida e’lon qiladi. Bu haqda Axios portali xabar berdi.

Trampning maslahatchisi sobiq Prezidentning nutqi “qudrat namoyishi” bo‘lishini aytdi. O‘zining murojaatida, siyosatchi go‘yoki, u mamlakatda bo‘layotgan voqealar uchun javobgar ekanligini ta’kidlaydi.

Portalning yozishicha, shu hafta Trampning maslahatchilari u bilan Mar-a-Lagoda uchrashib, keyingi siyosiy qadamlarning rejasini tayyorlamoqchi. Trampning sheriklari ta’kidlashlaricha, Konservativ Siyosiy Harakat yillik konferensiyasidagi nutq AQSHning sobiq Prezidenti partiyani keyingi saylovlarda haqiqatan ham ishtirok etishidan qat’i nazar, nazorat qilishini namoyish qilishi kerak.

Shu bilan birga, Oq uy sobiq rahbarining maslahatchilari Tramp hozirda partiyada har qachongidan ham eng kuchli qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Oldingi so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, Qo‘shma Shtatlarda respublikachilarning 59 foizi Amerikaning sobiq Prezidenti keyingi saylovlarda qatnashsa, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing