Tramp Si Szinpinni “qotil” deb atadi (video)

Olam

AQSHning sobiq Prezidenti Donadd Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni “qotil” deb, u bilan chiqishganini qo‘shimcha qildi.

“Men Prezident Si bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman. Men haqiqatda unga yoqaman deb o‘ylardim, u esa menga”, degan Tramp Fox telekanaliga bergan intervyusida.

U bilan suhbatlashgan jurnalist Mariya Bartiromo “u qotilmi?”, deb baqirib, sobiq Prezidentni gapini bo‘lgan.

“U qotil, lekin men u bilan ajoyib munosabatda edim. COVID-19 kelganida, bu endi boshqacha bo‘ldi”, degan Tramp.

Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy koronavirus pandemiyasidan yetkazilgan zararni qoplash uchun AQSH va butun dunyoga tovon to‘lashi kerak. Tramp jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni 60 trillion dollarga baholab, Pekinda bunday pul yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing