Tramp prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘ymoqchi
Olam
−
23 Oktabr 2022
7385AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagi borligini ma’lum qildi. Bu haqda Tramp kecha, 22 oktyabr kuni Texasda o‘z tarafdorlari oldidagi mitingda aytdi.
U nutqida hozirgi Prezident Jo Bayden g‘alaba qozongan 2020 yilgi prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilgani haqidagi da’vosini takrorlagan.
"Men ikki marta nomzodimni qo‘ydim va ikki marta g‘alaba qozondim", deydi Tramp.
Sobiq Prezident 2020 yilgi prezidentlik saylovlarda u 2016 yilga qaraganda ko‘proq ovoz olganini aytib o‘tgan. Shuningdek, u Amerika tarixida amalda bo‘lgan Prezidentlardan ham ko‘proq ovoz olganini ham qo‘shimcha qilgan.
“Mamlakatimiz yana muvaffaqiyatli, xavfsiz va buyuk bo‘lishi uchun, ehtimol, men buni yana qilishim kerak”, deya xulosa qilgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ham o‘z nomzodini qo‘yishi haqida ma’lumot berilgan edi.
LiveBarchasi