Tramp prezidentlikka loyiq emas edi – Bayden

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden amaldagi Prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish masalasini AQSH Kongressi hal qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.

“Men Prezident Tramp ushbu lavozimga munosib emas, deb uzoq o‘ylardim. Mana, men nima uchun shuncha yelib yugurdim ”, deydi Bayden.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u endi o‘z ishiga e’tibor qaratmoqda, ya’ni uchta asosiy muammo – koronavirus tarqalishi, vaksinalarni joriy etish va AQSH iqtisodiyotini tiklash.

“AQSHning bo‘lajak vitse-prezidenti Kamala Xarris va men qasamyod qilsak, darhol virusga qarshi kurashish hamda iqtisodiy o‘sish uchun muhim qonunlarni qabul qilamiz. Biz o‘z ishimizni qilamiz. Kongress ular bilan qanday munosabatda bo‘lishni hal qilishi mumkin”, deydi Bayden.

Shuningdek, u Trampni Vashingtondagi tartibsizliklarni targ‘ib qilishda ayblagan va Senatni asosiy lavozimlarga o‘z nomzodlarini tezroq tasdiqlashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing