Tramp prezidentligining so‘nggi kunida kuyovli bo‘ldi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning ikkinchi turmushidan bo‘lgan qizi Tiffani Tramp otasining davlat rahbari lavozimidagi so‘nggi kunida sevgilisi Maykl Bulos bilan unashtirilganini e’lon qildi. 

"Men Oq uyda ko‘plab muhim lahzalarni, tarixiy voqealarni nishonlashga, oilam bilan xotiralar yaratishga, eng muhimi, ajoyib kuyovim Maykl bilan unashtirilganimizni nishonlash sharafiga muyassar bo‘ldim", degan u kecha, 19 yanvar kuni Twitter'dagi sahifasida.

Shuningdek, u o‘zini baxtli his qilayotganini va hayotidagi keyingi sahifani kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli Tiffani Tramp bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, 23 yoshli Maykl bilan 2018 yili Gretsiyaga bo‘lgan sayohati davomida tanishgan. 

Maykl Bulos SCOA Nigeria kompaniyasi direktori yordamchisi, Fadoul Group kompaniyasi direktori, Royalton Investment kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri hisoblanadi. 

Tiffani Tramp Donald Trampning to‘rtinchi farzandi hisoblanadi. U Trampning amerikalik aktrisa Marla Meyplz bilan bo‘lgan turmushidan yagona farzandi. 

O‘tgan yili Tiffani Vashingtondagi Jorjtaun universitetining yuridik fakultetini bitirgan. 

U otasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tadbirlarga unchalik ahamiyat bermagan bo‘lsa-da, o‘tgan yili noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari oldidan Trampning saylovoldi kampaniyasidagi bir qator tadbirlarda qatnashgan.

Tramp bugun, 20 yanvar kuni o‘z vorisi Jo Baydenning inauguratsiya marosimi oldidan Oq uyni tark etadi. U Florida shtatidagi qarorgohiga boradi va u yerda bir necha kun davomida keyingi harakatlari to‘g‘risida o‘ylaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tiffani Tramp

Baholaganlar

726

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar