Tramp Megan Marklning Prezident bo‘lmoqchiligi haqida gapirdi
Olam
−
17 mart 2021
7112AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya shahzodasi Garrining rafiqasi Megan Markl nomzodi 2024 yil Amerikada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qo‘yilishiga umid qilmoqda. Bu haqda "Fox News" xabar bermoqda.
Oq uyning sobiq rahbari Markl go‘yo bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotgani va AQSH Demokratik partiyasi vakillari bilan uchrashgani haqidagi xabarlarga izoh bergan.
"Umid qilamanki, shunday bo‘ladi. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, unda men nomzodimni ko‘rsatishga ko‘proq moyil bo‘laman", degan Tramp.
Shuningdek, Tramp shahzoda Garri va Marklning amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan yaqinda o‘tkazgan intervyusini eslagan.
U qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashuvi haqida ham eslab, uni hayratlanarli shaxs deb bilishini aytgan.
Respublikachi shuningdek, Megan Marklning muxlisi emasligiga urg‘u bergan.
LiveBarchasi