Tramp FQBni uning uchta pasportini o‘g‘irlashda aybladi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning 3 ta pasportini Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari Floridadagi mulkida tintuv o‘tkazgan paytda olib qo‘ygan. Bu haqda Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “Anadolu Agency”.

"FQB Mar-a-Lagoga bostirib kirishi chog‘ida mening uchta pasportimni (birining muddati tugagan) o‘g‘irlab ketgan", deb yozadi Tramp Truth'dagi sahifasida.

U voqeani izohlab, AQSHda siyosiy raqibga bu darajada hujum qilish kuzatilmaganini aytib o‘tgan.

“Bu bizning mamlakatimizda hech qachon kuzatilmagan darajada siyosiy raqibga hujum qilishdir. Uchinchi dunyo! Bu bizning xalqimiz uchun qorong‘u davr. Qo‘shma Shtatlar Prezidenti bilan hech qachon bunday holat sodir bo‘lmagan”, deb yozgan sobiq Prezident.

Shuningdek, Tramp pasportsiz xorijga chiqa olmasligini ham qayd etgan.

Ehtimol, gap AQSH fuqarolariga berilgan to‘q ko‘k rangli pasport, shuningdek, Tramp prezidentligi davrida olgan qizil xizmat pasporti va qora diplomatik pasport haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp joriy yilning 8 avgust kuni FQB agentlari uning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.

Shundan so‘ng, Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Floridadagi mulkida yadroviy qurolga oid maxfiy hujjatlarni qidirgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq FQB Trampning qarorgohidan 11 ta maxfiy hujjat topgani, ularning orasida “o‘ta maxfiy” tasnifidagi materiallar ham borligi ma’lum bo‘ldi. 

Keyinroq Donald Tramp olib qo‘yilgan hujjatlarni zudlik bilan qaytarishni so‘ragan. 

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing