Tramp Baydenni aqli zaiflikda aybladi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Amerika yetakchisi Jo Bayden uni ekstremist deb ataganiga javob berar ekan, amaldagi davlat rahbarini aqldan ozgan deb ta’rifladi. Bu haqda u bugun, 2 sentyabr kuni o‘zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

"Agar siz Baydenning qo‘pol va g‘azablangan nutqini ko‘rgan bo‘sangiz, u Amerikaga harbiy kuch ishlatish ehtimoli bilan tahdid qilgan. U aqlini yo‘qotgan yoki rivojlangan demensiyadan aziyat chekyapti", deydi Tramp.

Qayd etilishicha, avvalroq, Bayden xalqqa murojaati chog‘ida Trampning “Amerikani yana buyuk qil” harakati tarafdorlarini ekstremist deb atagan edi.

"Kimdir Jo Baydenga “Amerikani yana buyuk qil” harakati nimani anglatishini tushuntirishi kerak. Agar u Amerikani yana buyuk qilishni istamasa, u AQSHning vakili bo‘lmasligi kerak", deya javob qaytargan sobiq Prezident.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 sentyabr kuni amaldagi AQSH Prezidenti Jo Bayden Respublikachi sobiq Prezident Donald Tramp va uning tarafdorlarini Amerika siyosiy tizimining asoslariga tahdid soluvchi “ekstremizm timsoli” deb hisoblashini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing