Tramp aprelgacha COVID-19 ga qarshi ommaviy emlashni va’da qilmoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirusga qarshi vaksinaning yangi turi 2021 yil aprel oyining oxiriga qadar mavjud bo‘ladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 18 sentyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi. 

Tramp AQSH vaksina ishlab chiqarishda katta yutuqlarga erishganini ta’kidladi.

"AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin 24 soat ichida vaksinani tarqatish boshlanadi. Vaksinalarning aksariyati harbiylar tomonidan tarqatiladi. Joriy yilning oxiriga qadar bizning ixtiyorimizda kamida 100 million doza vaksina bo‘ladi. Shuningdek, har oyda 100 million dozada vaksinalar ishlab chiqariladi va biz aprel oyigacha har bir amerikalik vaksina bilan emlanishini rejalashtiryapmiz", deydi Tramp.

Shu bilan birga, Amerika rahbari Pentagon tomonidan moddiy-texnik ko‘mak kerak bo‘lishini ta’kidladi. 

"Biz birgalikda terrorchilarga qarshi kurashda g‘alaba qozonganimiz kabi, qisqa vaqt ichida COVID-19 ni ham yengamiz", deb va’da berdi siyosatchi.

Tramp vaksinalarni yetkazib berish bilan AQSH Harbiy departamenti shug‘ullanishini aytib, so‘zni General Gustav Pernga berdi. 

General faqat ixtiyoriy emlash o‘tkazilishini aytdi.

"Aprel oyiga qadar xohlagan amerikalik emlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi", dedi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing