Tojikistonga 300 dan ortiq afg‘on askari qochib o‘tdi. Qo‘shni davlat ularni do‘st sifatida qabul qildi

Olam

image

Kecha, 3 iyul kuni tunda Afg‘oniston qurolli kuchlarining 300 dan ortiq askari Tog‘li Badaxshon orqali Tojikiston hududiga qochib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari Matbuot markazi xabar berdi.

Markazning xabar berishicha, afg‘on harbiylarining ko‘chirilishi Afg‘onistonning Badaxshonning bir qator hududlarida “Tolibon” vakillarining hujumi oqibatida yuz bergan. Kecha, 3 iyul kuni soat 18: 30 da Shahribuzurg tumani, Xoxon tumani Ovez qishlog‘i va Rog‘iston tumani Ziraki qishlog‘ida vaziyat yanada murakkablashdi. Ushbu hududlar toliblar tomonidan to‘liq egallab olingan. To‘qnashuvlar paytida “Tolibon” Xoxon okrugidagi Ovez chegara komendaturasini ham egallab olgan.

“Tojikiston Respublikasi chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini inobatga olib, chekinayotgan afg‘on harbiy xizmatchilariga Tojikiston Respublikasi hududiga kirishga ruxsat berdi. Tojikiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat Tojikiston Respublikasi chegarachilarining to‘liq nazorati ostida”, deyiladi xabarda.

Faollashgan "Tolibon"

Qayd etish kerakki, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n kun ichida Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh to‘rt viloyatida hukumat kuchlari va “Tolibon” o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan.

Natijada Tahor viloyatining Chaheb, Yangi Kal’a, Darkad, Dashti Qal’a, Xojag‘or tumanlari, Qunduz viloyatining Dashti Archi, Imom Sohib va Qal’ai Zol tumanlari, shuningdek Sherxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyun holatiga Afg‘onistonning 50 dan ortiq tumanini egallagan. 

So‘nggi kunlarda toliblar bilan janglarda og‘ir zarbaga uchragan afg‘on qo‘shinlarining qo‘shni respublikalar hududiga qochib o‘tish holatlari kuzatildi. Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afg‘on harbiylari chegaradosh Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari O‘zbekistonga qochib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing