Tojikistondagi yangi epidemiya O‘zbekistonga ham xavf solishi mumkinmi?

Jamiyat

image

Tojikistonda tarqalayotgan Poliomiyelit o‘tkir yuqumli virus O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi? Mamlakatda buning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Shu kabi savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim mudiri Dilorom Tursunova javob berdi.

– Poliomiyelitga qarshi vaksina qilish O‘zbekistonda qachon boshlangan? Emlash tartibi qanday?

– Mamlakatimizda milliy emlash kalendariga 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar kiritilgan bo‘lib, poliomiyelit ham shulardan biri hisoblanadi. 

Ayni paytda yurtimizda poliomiyelitga qarshi aralash immunizatsiya, ya’ni tomchi orqali hamda in’eksion usulda amalga oshiriladi. Vaksina besh marta: bolalarning 2, 3, 4, 16 oyligida va yetti yoshida qo‘llaniladi. Bolalar 4 oyligida ham tomchi orqali, ham in’eksion tarzda emlanadi.

Poliomiyelitga qarshi aholi vakillari 5 marta emlanishi hamda vaksinatsiyada aralash usuldan foydalanishilishi xavfsizlikni yanada oshiradi.

– Poliomiyelit kasalligi bizga kirib kelmasligi uchun qanday ehtiyot choralari ko‘rilyapti? 

– O‘zbekistonda bu kasallik tarqalishini oldini olish uchun doimiy ravishda monitoring olib boriladi. Shuningdek, qo‘shni davlat bilan chegara hududlardan kirib kelayotgan fuqarolarda poliomiyelit kasalligi alomatlari borligini aniqlash chora-tadbirlari to‘liq ko‘rilgan.

Ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mutasaddilarimiz tomonidan O‘zbekistondagi barqaror vaziyatni monitoring qilish hamda poliomiyelit kasalligini oldini olishda hamkorlikda amaliy ishlar olib borish bo‘yicha taklif kiritildi. 

Shuningdek, poliomiyelit kasalligi bilan simptomlari bir xil bo‘lgan o‘tkir bo‘shashgan shol kasalligiga chalingan bemorlar qayta laborator tahlillardan o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing