Tojikistonda “UzAuto Motors” zavodi ochiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Tojikistonda “UzAuto Motors” zavodi ochiladi, bitim joriy yilning 9 iyun kuni Tojikistonning Boxtar shahrida O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forumida imzolangan. Bu haqda “O‘zavtosanoat” xabar bermoqda.

Ma’lum qilininicha, forum davomida “Auto Motors” AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish “UzAuto Motors Tadjikistan” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolangan. Mazkur kelishuvga joriy yilning 21 aprel kuni Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabirning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 5-7 may kunlari “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishchi guruh Tojikiston Respublikasida bo‘lib, hamkor “AlyuminSoxtmon” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini o‘rganib, qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borib qaytgan. Umumiy qiymati 2 million dollar bo‘lgan loyihaning ishlab chiqarish quvvati dastlab 10 mingta avtomobilni tashkil etadi, kelgusida esa 35 ming donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Elatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 mart kuni Qozog‘istonning Ko‘stanay shahrida “Sariarka AvtoProm” MCHSh ishlab chiqarish quvvatlarida “Chevrolet” brendi ostida “UzAuto Motors” avtomobillarining yig‘ish yo‘lga qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

631

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing