Tojikistonda o‘g‘il o‘z onasini 136 marta pichoqlab o‘ldirdi

Olam

image

Tojikistonning Konibodom shahrida 32 yoshli fuqaro o‘z onasini o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. U onasiga 136 marta pichoq urgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligining So‘g‘d viloyati bo‘yicha matbuot kotibi Akbar Sharifiy “Asia-plus” nashriga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan Shahriyor Normatov va uning 65 yoshli onasi Halimajon Normatova o‘rtasida joriy yilning 24 noyabr kuni janjal kelib chiqqan. Ona va o‘g‘il o‘rtasidagi mojaro sabablari ma’lum qilinmagan. Shahriyor Normatovning o‘zi tergov tadbirlari davomida onasi qanday vafot etgani haqida gapirib bergan.

“U pichoqni olib, menga urmoqchi bo‘lib oldimga keldi. Lekin men undan pichoqni olib, yuziga bir marta urdim. Keyin qorniga, qo‘llariga, bo‘yniga va boshiga pichoq bilan zarba berdim. Yiqilib o‘ldi..." deydi u.

Tergovda aniqlanishicha, Normatov ayolga 136 marta pichoq urib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida o‘ldirilgan ayolning qonli kiyimini almashtirib, xonasiga olib borib, yotqizib, poldagi qonni yuvib, qotillik uchun ishlatilgan pichoqni tozalagan. 

“Faqat ertasi kuni Normatov qarindoshlariga onasining kutilmaganda vafot etgani haqida xabar bergan, biroq ayolning qarindoshlaridan biri uning bo‘ynidagi jarohatlarini payqab qolgan. Qotil farzandning qarindoshlari “kutilmagan va to‘satdan o‘lim” haqidagi xabarga ishonmagan”, deyiladi hisobotda.

Shuningdek, ayol ruhiy kasallikdan aziyat chekkan va 1993 yildan beri mahalliy ruhiy shifoxonada ro‘yxatga olingani qayd etilgan.

Akbar Sharifiyga ko‘ra, psixiatrik ekspertiza orqali Shahriyor Normatovning ruhiy holati tekshiriladi, biroq u shu paytgacha u ruhshunoslar ko‘rigidan o‘tmagan.

Shahriyor Normatovga nisbatan mamlakat Jinoyat kodeksining 104-moddasi (O‘ta shafqatsizlik bilan qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 25 yilgacha yoki umrbodga qamalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing