Tojikistonda siam egizaklarini ajratish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi

Olam

image

Tojikistonda siam egizaklarini ajratish bo‘yicha murakkab operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tayanib, “Sputnik Tajikistan” xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika “Shifobaxsh” Milliy tibbiyot markazi neonatal jarrohlik bo‘limi shifokorlari o‘ziga xos operatsiyani amalga oshirgan. 

Egizaklar kesarcha kesish orqali tug‘ilgan. O‘g‘il bola tug‘ilganidayoq vafot etgan, lekin qiz tirik bo‘lgan. O‘lgan chaqaloq boshqa egizakning orqa tomoniga qarab o‘sgani sababli, shoshilinch jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga qaror qilingan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jarayon yaxshi o‘tgan. Hozir operatsiya qilingan bola xavf ostida emas.

“Hech qanday anomaliya yo‘q, bolaning onasi reanimatsiya bo‘limida, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvoli normal holatda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

678

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing