Tojikistonda saylovlar haqiqiylik bosqichidan o‘tdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 11 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasida Prezident saylovi o‘tkazilmoqda.

Saylovlarda mahalliy vaqt bilan soat 15:00 gacha ovoz beruvchilarning 70,71 foizi ishtirok etdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzodaga asoslanib xabar berildi.

"Soat 15:00 gacha saylovda ishtirok etish darajasi 70,71 foizni tashkil qildi. Ya’ni, 3 million 495 ming 215 kishi ovoz berdi", degan u. 

Ma’lumot uchun, Tojikistondagi saylovlarda saylovchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i qatnashsa, saylovlar haqiqiy deb hisoblanadi. Prezident esa saylovchilarning yarmidan ko‘pi unga ovoz bergan taqdirda, saylangan deb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, saylovda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, uning o‘g‘li - Dushanbe shahri hokimi va parlament spikeri Rustam Imomali ham ovoz bergandi.

Ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlanadi. Besh nomzod davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. 

Ular orasida Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi, Yoshlar ittifoqi va Tojikiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan nomzod qilib ko‘rsatilgan amaldagi Prezident Imomali Rahmon ham bor.

Shuningdek, saylovlarda sotsialistlardan Abduhalim G‘afforzoda, Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda, kommunistlardan Miroj Abdulloyev va agrarlardan Rustam Latifzoda ishtirok etmoqda.

Prezidentlik saylovida Tojikistonda mavjud 7 ta siyosiy partiyadan beshtasining nomzodi ishtirok etmoqda.

Tojikistonda saylovchilarning umumiy soni 4 mln 900 ming 545 taga teng bo‘lib, ular 68 ta saylov okruglarida joylashgan saylov uchastkalarida munosib nomzodlarga ovoz beradilar. 

Shuningdek, ovoz berish uchun 29 ta mamlakatda 39 ta saylov uchastkalari ochilgan. 

Ma’lumot uchun, Tojikistondagi saylovlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya ham kuzatib bormoqda.

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon 1994 yildan buyon prezidentlik kursisini egallab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing