Tojikistonda prezidentlik saylovi boshlandi. Asosiy nomzod - Rahmon

Olam

image

Bugun, 11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovi ovoz berish jarayoni boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da butun mamlakat bo‘ylab 3 ming 375 ta saylov uchastkasi ochildi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda. 

Ovoz berish jarayoni soat 20:00 da yakunlanadi. Besh nomzod davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda. 

Ular orasida Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi, Yoshlar ittifoqi va Tojikiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan nomzod qilib ko‘rsatilgan amaldagi Prezident Imomali Rahmon ham bor.

Shuningdek, saylovlarda sotsialistlardan Abduhalim G‘afforzoda, Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda, kommunistlardan Miroj Abdulloyev va agrarlardan Rustam Latifzoda ishtirok etmoqda.

Prezidentlik saylovida Tojikistonda mavjud 7 ta siyosiy partiyadan beshtasining nomzodi ishtirok etmoqda.

Tojikistonda saylovchilarning umumiy soni 4 mln 900 ming 545 taga teng bo‘lib, ular 68 ta saylov okruglarida joylashgan saylov uchastkalarida munosib nomzodlarga ovoz beradilar. 

Shuningdek, ovoz berish uchun 29 ta mamlakatda 39 ta saylov uchastkalari ochilgan. 

Ma’lumot uchun, Tojikistondagi saylovlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya ham kuzatib bormoqda.

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Imomali Rahmon 1994 yildan buyon prezidentlik kursisini egallab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing