Tojikistonda ayol militsionerlarning yangi formasi taqdim etildi
Olam
−
12 aprel 2021
8552Tojikistonda ayol militsionerlar uchun yangi forma dizayni namoyish etildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xodimlarning bayram va kunlik ishchi formasi yangi uslubda ishlab chiqilgan hamda tasdiqlash uchun Tojikiston Prezident Imomali Rahmonga taqdim etilgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, ayol militsionerlar formasi atlas va adras matolaridan milliy hamda Yevropa uslubida tikilgan bo‘lib, forma So‘g‘d viloyati dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Ayol militsionerlar formasi Tojikiston Prezidenti tomonidan tasdiqlanishi sababli Prezident Imomali Rahmonga taqdim etilgan. Tasdiqlash masalasi bo‘yicha ma’lumot mavjud emas.
LiveBarchasi