Tojikistonda askarlarni ayovsiz kaltaklagan podpolkovnik va harbiylar qamaldi (video)

Olam

image

Tojikistonda muddatli harbiy xizmatchilarni kaltaklash va buni ijtimoiy tarmoqlarga joylashda ayblanib, joriy yilning aprel oyida hibsga olingan podpolkovnik va besh nafar harbiy xizmatchi Tojikiston Oliy sudi Harbiy hay’ati tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Asia Plus” nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, hukm joriy yilning 30 may kuni Tojikiston Oliy sudining harbiy hay’ati tomonidan e’lon qilingan. Sud jarayoni Xo‘jand harbiy garnizoni binosida bo‘lib o‘tgan.

Harbiylarni kaltaklagan besh nafar harbiy xizmatchi harbiy xizmatchilar o‘rtasida bo‘ysunish munosabatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarini buzganlik aybi qo‘yilgan. Shuningdek, podpolkovnik Nuzhat Lazuriyevga nisbatan Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 391-moddasi 3-qismi “b” bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yoxud vakolatni harakatsizligi) bilan ayblangan.

Sud hay’ati podpolkovnik Nuzhat Lazuriyev va serjant Jonibek Qosimzodani 11 yilu 5 oy, yana to‘rt nafar harbiy xizmatchi esa 9 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tayinlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, askarlarning kaltaklangani aks etgan video 2022 yilning oxirida Tojikiston chegara qo‘shinlari bo‘linmalaridan birida suratga olingan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda joriy yiling bahorida e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing