1622 nafar mahbus ozod qilindi
Olam
−
28 Oktabr 2019 7779 1 daqiqa
Tojikistonda shu yilning 27-28 oktyabr kunlari yangi amnistiya asosida ozod qilingan 1 ming 622 mahbus ozod qilindi. Bu haqda Axbor xabar bermoqda.
Ularning orasida ishlari siyosiy deb hisoblanganlar ham bor. Ozod bo‘lganlar orasida bugun, 28 oktyabr kuni ozod qilingan Rashtlik yosh bloger Junaydullo Xudoyorov ham bor. U salafizmga ergashganlikda ayblandi.
Bir kun oldin, Istaravshandagi jome masjidining sobiq imomi No‘’monxon Otayev ham qo‘yib yuborildi. U uch yillik qamoq jazosining ikki yilini qamoqda o‘tkazdi.
Shuningdek, Rog‘un yaqinidagi Kallai Nav qishlog‘idan ekstremizmda ayblanib sudlangan bir guruh yoshlar ozod qilindi. Uchala holatda ham, bu mahkumlarning qarindoshlari ular ilgari chiqarilgan ayblovlar bo‘yicha sudlanganliklarini va ishlarining soxtalashtirilganini da’vo qilgan.
Tojikiston muxolifatidagi Sotsial-demokratik partiyasining Rasht tumanidagi bo‘limi rahbari Farhod Xudoyorovning ukasi ham qo‘yib yuborilgan. “U bugun, 28 oktyabr kuni “Birinchi Sovetskiy”dagi 4-koloniyadan ozod qilindi. Ayni paytda Junaydullo uyga ketmoqda. Xudoga shukur, u Rashtga boradi. Qariyb ikki yil davomida birodarimizni adolat g‘alabasi uchun kurashida qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdormiz", deydi Farhod Xudoyorov.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025