Tojikiston yana Suriyadan fuqarolarini qaytarish harakatiga tushdi

Olam

image

Bugun, 15 noyabr kuni Suriya poytaxti Damashqda Tojikiston fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytarish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” nashri mamlakat TIV matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

Muzokaralar Tojikistonning Quvaytdagi elchisi Zubaydullo Zubaydzodaning amaliy tashrifi doirasida Suriya Ichki ishlar vazirligi rahbari Muhammad Xolid Rahmun bilan bo‘lib o‘tdi.

“Uchrashuvda Tojikiston fuqarolarini vataniga qaytarish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ikki davlatning ushbu sohada vakolatli tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 25 iyul kuni 146 nafar Tojikiston fuqarosi Suriyadan charter reys bilan o‘z vatanlariga qaytarilgan edi. Shu jumladan 42 nafar ayol va 104 nafar bola.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing