Tojikiston va Afg‘oniston kelishib oldi

Olam

image

Tojikiston va Afg‘oniston elektr tarmoqlari kompaniyalari 2022 yil uchun qo‘shni davlatga tojik elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Hujjat “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) va “Barqi Tojik” o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha imzolandi, deyiladi afg‘on kompaniyasi saytida e’lon qilingan qisqa xabarda.

Qayd etilishicha, hujjatni DABS rahbari Hafiz Muhammad Amin va “Barqi Tojik” kompaniyasi bosh direktori Mirzo Ismoilzoda imzolagan.

Xabarda hujjat imzolangan vaqt va joy, shuningdek, afg‘on iste’molchilari uchun tojik elektr energiyasi hajmi va narxi ko‘rsatilmagan. Lekin imzolangan paytdagi fotosurat ilova qilingan.

Ikki davlat o‘rtasidagi amaldagi shartnomaga ko‘ra, Tojikiston joriy yil oxirigacha Afg‘onistonga 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berishi kerak edi.

Afg‘oniston 110 kV elektr uzatish liniyasi orqali yetkazilgan har bir kilovatt uchun uchun 3 sent va 220 kV elektr uzatish liniyasi orqali yetkazilgan  elektr uchun 4,5 sent to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston-Afg'oniston

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar