Tojikiston SSV mamlakatga “omicron” kirgan-kirmaganini bilmasligini aytdi

Olam

image

Tojikiston hukumati mamlakatga koronavirusning “omicron” shtammi kirganligi yoki kirmaganligini aniq bilmaydi. Negaki, Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirda koronavirus infeksiyasi shtammlarini, jumladan “omicron”ni aniqlash imkoniyatiga ega emas. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda ma’lum qildi

“Bizga hech qachon “genetik tipdagi” maxsus diagnostika uskunalari kerak bo‘ladi, deb o‘ylamagan edik. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning bevosita ko‘magida joriy yilning birinchi choragida tegishli jihozlarni xarid qilishni rejalashtirmoqda”, deydi vazir.

Shu bilan birga, uning fikricha, umuman olganda, mamlakatda koronavirusning shtammlarini, shu jumladan “omicron”ni aniqlashga shoshilinch ehtiyoj yo‘q. Chunki koronavirusni davolashning asosiy usuli bu, birinchi navbatda, virusga qarshi dorilar va immunitetni oshirish uchun dori vositalarini qabul qilishdir.

Ma’lumot o‘rnida, pandemiya boshlanganidan hozirgacha Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 17 ming 367 nafarni, tuzalganlarning umumiy soni esa 17 ming 218 nafarni tashkil qilgan. Rasmiy o‘lim soni bir necha oy davomida o‘zgarmagan va 124 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing