Tojikiston SHHT raisligini qaysi davlatga topshirishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat 11542
image

Tojikiston poytaxti Dushanbedagi sammitdan so‘ng, Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonning SHHTga raisligi yo‘nalishida faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, tashkilot raisligi konsepsiyasi va rejasi ishlab chiqilmoqda. U Dushanbedagi sammit davomida SHHTga a’zo davlatlarga taqdim etiladi.

“O‘zbekistonning SHHTga raisligining asosiy ustuvor yo‘nalishlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan nutqida belgilab berilgan tashqi siyosatning eng muhim vazifalariga muvofiq ishlab chiqiladi. Tashkilot doirasida O‘zbekiston tomonining asosiy tashabbuslari – transport aloqasi sohasi, SHHT ishidagi iqtisodiy o‘lchovni mustahkamlash, pandemiya oqibatlariga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faolroq jalb qilish”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston tashkilotga uch marta raislik qilgan: 2003-2004, 2009-2010 va 2015-2016 yillarda. 2016 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitda muhim tarixiy kelishuvlarga erishildi. Jumladan, aynan Toshkent sammiti 2017 yilda Hindiston va Pokistonga SHHTga a’zo davlat maqomini berish uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib turibdi. Davlat rahbari ertaga, 17 sentyabr kuni SHHT sammitida ishtirok etadi.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 418
Reyting: 3
t
×