Tojikiston razvedkasi afg‘on bilan chegara haqida axborot berdi

Olam

image

Har kuni 500-600 qochqin Afg‘onistondan Tojikiston tomon chegarani kesib o‘tishga urinmoqda, qurol va narkotik moddalar oqimi kuchayib boryapti. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Saymo‘min Yatimov ma’lum qildi

“Tojikiston-Afg‘oniston davlat chegarasida vaziyat ancha og‘ir. Tojikiston Pokistondan keyin Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga ega – 1425 kilometr, biz Afg‘onistondan Tojikistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganlarning hujumini his qilyapmiz ”, deydi Yatimov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo mamlakatlarning xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlari yig‘ilishida o‘qib eshittirgan Afg‘oniston bo‘yicha ma’ruzasida. 

Ma’ruzada, xususan, quyidagi faktlar keltirilgan: 
•    har kuni 500-600 qochqin Afg‘onistondan Tojikiston tomon chegarani kesib o‘tishga urinmoqda;
•    ushbu mamlakatdan Tojikistonga qochganlarning umumiy soni oxirgi ikki oy ichida, allaqachon 15 ming kishiga yetdi;
•    “Tolibon”ning va’dalariga qaramay, Afg‘onistondan kelayotgan narkotik moddalar oqimi kamaymayapti, aksincha o‘sib bormoqda. Shu bilan birga qurol kontrabandasi kuchaymoqda.

Yuqorida aytilganlarning barchasi Tojikiston davlat chegarasini qo‘riqlashni yaxshilashni talab qiladi. Yatimov, shuningdek, davom etayotgan voqealar ortidan “mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun islomiy ekstremizmning qo‘llanishi isi kelayotganini” ta’kidlagan.
 
Uning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat nafaqat Tojikiston, balki butun MDH uchun xavf tug‘diradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda so‘z olgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Afg‘onistonda Iroq va Suriyadan kelgan terrorchilar to‘planayotganini qayd etib, MDH mamlakatlarini ogohlikka chaqirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

660

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing