Tojikiston chegarada COVID cheklovlarini qaytardi

Olam

image

Tojikiston chegarada koronavirus cheklovlarini qayta joriy qildi. Endi respublikaga kelgandan so‘ng PZR-testi natijalarini yoki COVID-19’ga qarshi emlanganlik sertifikatini taqdim etish zarur. Bu haqda Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar bergan.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar Respublika shtabi tomonidan boshqa mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani sababli COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida kiritilgan.

“Cheklovlar vaqtinchalik”, deya qo‘shimcha qildi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil fevralidan buyon mamlakatda birorta ham COVID-19 holati qayd etilmagan. Shu bilan birga, mahalliy aholining qariyb 90 foizi infeksiyaga qarshi emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing