Tojikiston Bosh vaziri Toshkentga keladi
Jamiyat
−
13 may 2021
4132Joriy yilning 14-15 may kunlari Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu munosabat bilan, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14 may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Xabarga ko‘ra, tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi