Tojik-qirg‘iz chegarasida yana mojaro chiqdi

Olam

image

Qirg‘iziston fuqarolari “KamAZ” yuk mashinasi va uning haydovchisi – Tojikistonning Chorkuh Isfara mahallasida yashovchi fuqaroni toshbo‘ron qildi. Bu ma’lumotni “Sputnik”ga Isfara shahar hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shomadov tasdiqladi.

“Yuk mashinasi Chorkuh mahallasida yashovchi Nasrullobek Aslamovga tegishli. U mashinasida Voruxga oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgandi. 20 yanvar kuni qirg‘izistonliklar mashina yo‘lini to‘sib, tosh otishni boshladi. Haydovchi ham hujumga uchradi”, deydi Isfara hokimiyati vakili.

Shomadovning aytishicha, Aslamov jiddiy jarohat olmagan. U Qirg‘iziston bilan chegaradagi hozirgi vaziyatni tinch deb baholagan.

Manbaga ko‘ra, 21 yanvar kuni Isfara shahrining chegaradosh mahallalari rasmiylari Botken viloyati hokimiyati vakillari bilan birgalikda voqeani muhokama qiladi.

Qirg‘iziston tomoni bu voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Chorkuh va Vorux o‘rtasidagi yo‘l Qirg‘izistonning Oqsoy viloyatidan o‘tadi va bu hududda chegara to‘qnashuvlari tez-tez sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing