Tovuq, quyon va baliq yana qaysilari?

Jamiyat

image

2019 yil 1 iyundan boshlab eksportyorlar tirik va so‘yib tayyorlangan tovuq, quyon va baliq mahsulotlarini alohida Hukumat ruxsatisiz eksport qilishiga  ruxsat berilgan. 

Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan Axborot va kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, qarorda shuningdek, mahalliy eksportyorlar eksport shartnomasini bajarish uchun hech ikkilanmasdan kredit olishi mumkin. Chunki, milliy valyutada olingan kredit foiz xarajatlarining 10 foizgacha bo‘lgan qismi davlat byudjetidan kompensatsiya qilib beriladi.

Ya’ni yillik 25 foiz stavkada kredit olinganda uning qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lgan qismi ya’ni 9 foizi bo‘yicha xarajatlar davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Bundan tashqari, ularning xorijiy valyutada olingan krediti foiz xarajatlarining 40 foizi (stavkaning 4 foizigacha) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.

Agar eksportyorga kredit olish uchun garov ta’minoti yetishmasa, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan kredit summasining 50 foizigacha (4 milliard so‘mgacha) qismi uchun kafillik olishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing