Tovon yorilishini uy sharoitida davolaymiz

Salomatlik

image

Teri juda nozik bo‘lib u doimiy parvarishni talab etadi. Tovon terisi esa tashqi muhit ta’siriga ko‘p uchraydi, shuning uchun uni yanada ko‘proq parvarish qilish lozim.

Quyida uy sharoitida tovon terisini parvarish qilish yo‘llarini e’tiboringizga havola etamiz.

•  Olmani qirg‘ichdan chiqarib tovon terisiga qo‘yamiz. Ustidan biron mato bilan o‘rab 1 soat ushlaymiz. So‘ng yuvib tashlab, oyoq teri kremini surib qo‘yamiz. Bunda banan mevasidan ham foydalanish mumkin.

•  Asal va zaytun yog‘ini bir xil miqdorda olib, tovon terisiga suramiz. 15-20 daqiqadan so‘ng yuvib tashlaymiz.

•  Bir osh qoshiq kartoshka kraxmalini 1 litr iliq suv bilan aralashtiramiz. Tog‘arachaga solib oyoqlarimizni ivitamiz. 15 daqiqa o‘tgach tovon terisini yaxshilab ishqalab, chayib, artamiz. Zaytun yog‘ini surtib, paypoq kiyib olamiz.
•  Buni uyqidan oldin bajarmoq lozim. Huddi shu muolajani soda bilan ham bajarish mumkin.

•  Agar teri juda ham yorilib qotib ketgan bo‘lsa u holda maxsus tovon pilkasini olib, haftada ikki marta tovon terisini ivitib pilka bilan qiramiz. So‘ng vazelin yoki zaytun yog‘ini surib paypoq kiyib olamiz. Qotgan teri bittada ketmaydi, shuning uchun bu muolajani muntazam ravishda bajarib turish lozim.

•  Ba’zida 1 oy davomida har kuni yotishdan oldin tovon terisiga vazelin surib paypoq kiyib uxlashni o‘zi tovon terisi holatini yaxshilanishiga yordam beradi.

Teri yorilib ketishini oldini olish uchun:❗️❗️❗️

•  Yotishdan oldin tovon terisiga vazelin yoki tovon uchun maxsus krem surib yoting;

•  Yoz kunida ham paxta tolasidan tayyorlangan yupqa paypoq kiyib yurishga odatlaning;

•  Vitamin A ga boy sabzini xomligicha ko‘proq iste’mol qiling;

•  Qirg‘ichdan chiqarilgan 2 dona sabzini 1 qoshiq smetana bilan aralashtirsa, vitamin A ga boy ajoyib salat bo‘ladi.

•  Xo‘l oyoqlar bilan yurmang. Teriga suv tegsa artilishi lozim, aks holda quruqlashib ketadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing