“Tottenxem” Harri Keynga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi “Chelsi” futbolchisi Romelu Lukakuni sotib olmoqchi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Tottenxem” bugun, 11 avgust kuni Germaniyaning “Bavariya” jamoasiga ko‘chib o‘tishi aniq bo‘lgan 30 yoshli hujumchisi Harri Keynning o‘rniga “Chelsi”ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakuni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. 

Lukakuning “Inter”ga transferi muvaffaqiyatsiz yakunlangan hamda “Yuventus” ham Lukaku borasida noaniq pozitsiyada turgan bir paytda “Chelsi” “shporlarga” yakuniy javob bergani yo‘q. 

Shuningdek, hujumchiga Saudiyaning “Al-Hilol” jamoasi ham qiziqish bildirgan. Klub futbolchining o‘ziga yiliga 50 million yevro to‘lashga tayyor. Shartnoma tuzilayotganda esa Lukaku sezilarli darajada bonus ishlab olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Romelu Lukaku 2022/2023 yilgi mavsumda “Chelsi” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Romelu Lukaku Harri Keyn Tottenxyem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar