“Tottenxem” Xarri Keynni sotishga tayyorligini ma’lum qildi
Sport
−
07 fevral 2023 3272 1 daqiqa
Londonning “Tottenxem” klubi hujumchi Xarri Keynni Yevropaning mashhur “Real” va “Bavariya” klublaridan biriga sotishga tayyor. Bu haqda “Yevro Futbol” nashri xabar berdi.
Manbaning qayd etishicha, klub rahbariyati 29 yoshli hujumchi faoliyatini Angliya Premer ligasining boshqa klublarida davom ettirishini xohlamaydi.
Ta’kidlash joizki, Keynning transferi 90 million yevroga baholangan. Uning London klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Hujumchi joriy mavsumda Premer ligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol (2 tasi penaltidan) va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
Barchasi