“Tottenham”da Kontening o‘rnini kim egallashi mumkinligi aytildi

Sport

image

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini milliy jamoa boshqaruvidan iste’foga chiqadigan bo‘lsa, Londonning “Tottenxem” jamoasida Antonio Kontening o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar yozgi transfer oynasida “shporlar” rahbariyati Konteni qo‘llab-quvvatlamasa, Antonio “Tottenxem”ni tark etishi mumkin. London klubi rahbariyati Roberto Manchini Konte ketgan taqdirda bosh murabbiy sifatida olib kelish xususida jiddiy bosh qotirmoqda. Ammo Konte hozircha shimoliy Londondagi vazifalariga sodiq qolishini ta’kidlagan. 

Italiyalik murabbiy Londonda qolishi haqida gapirgan. Buni inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq ayrim nufuzli nashrlar Kontening kelajagini Fransiyaning PSJ klubi bilan bog‘lamoqda.

Roberto Manchini Italiya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirganidan so‘ng, sensatsion ravishda Shimoliy Makedoniyaga imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatiga yo‘llanmadan quruq qoldi. Shu sabab Italiyada Manchiniga ishonch keskin kamaygan. Bunday vaziyatda Roberto yangi chaqiruvlarga labbay deyishi mumkin.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing